Brian Josephson
Brian Josephson (talaffuzi: Brayan Jozefson) (1940) — ingliz fizigi. Ilmiy ishlari oʻta oʻtkazgichlarga va tunnellash masalalariga bagʻishlangan. Ikkita oʻta oʻtkazgichni ajratib turuvchi yupqa (~10A=10-’ m) dielektrik qatlamdan oʻta oʻtkazuvchan tok oqayotganda nostatsionar effekt sodir boʻlishini bashorat qilgan. Bu effekt Jozefson effekti deb ataladi. Nobel mukofoti laureati (1973, Ivar Giaever va Leo Esaki bilan hamkorlikda)..
Manbalar
uz.wikipedia.org