Brian Johnson
Brian Johnson (talaffyzi: Brayan Jonson; 1995-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Jessica Calalang bilan birga uch karra AQSh milliy chempionatining kumush medali sovrindori (2020-22) va uch karra Challenger musobaqasining sovrindori, shu jumladan 2019 CS Warsaw Cup turnirining oltin medali sohibi boʻlgan.
Faoliyatining boshida Chelsea Liu bilan juftlikda konkida uchib, u bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida ishtirok etib, ikkita medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular bir marta ISU Oʻsmirlar Gran-pri finalida va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birga ishtirok etishgan.
Shaxsiy hayoti
Brian Johnson 1995-yil 5-noyabrda Michigan shtatining Royal Oak shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
Brian Johnson konkida uchishni 2001-yilda boshlagan.
Chelsea Liu bilan
Brian Johnson 2014-yilning may oyida Liu bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Kaliforniyaning Orinj okrugida Todd Sand va Jenni Meno murabbiylik qilgan.
Liu / Johnson juftligi 2014 — 2015 -yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etgan. Germaniyada va Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Xorvatiyaning Zagreb shahridagi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlikning natijalari ularga Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish huquqini bergan va bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egallagan. 2015-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi kumush medalni qoʻlga kiritgach, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Bu juftlik chempionatning qisqa dastur namoyishi bo‘yicha 5-o‘rin, erkin dasturda esa 8-o‘rinni egallab, umumiy hisobda 7-o‘rindan joy olgan.
Dasturlari
Chelsea Liu bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Chelsea Liu bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida
Manbalar
uz.wikipedia.org