Brian Curran
Brian Phillip Curran (talaffuzi: Brayan Filip Kurran) (1963-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi, murabbiy, ijrochi. Brian Curran hozirgi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. Ayni paytda Brian Curran Alberta oʻsmirlar xokkey ligasi vakili „Drumheller Dragons“ xokkey klubi bosh menejeri hamdir. Curran Ontario shtatining Toronto shahrida tugʻilgan, ammo Alberta shtatidagi Veteran shahrida oʻsgan.
Oʻyin faoliyati
Brian Curran 1982-yilgi NHLga kirish loyihasida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 22-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Brian Curran xokkeychilik faoliyati davomida Milliy xokkey ligasining (NHL) „Boston Bruins“, „New York Islanders“, „Toronto Maple Leafs“, „Buffalo Sabres“ va „Washington Capitals“ xokkey klublari safida himoyachi sifatida oʻynagan edi.
Murabbiylik faoliyati
Brian Curran oʻzining xokkeychilik faoliyatidan soʻng, u murabbiylik faoliyatini boshladi. Brian Curran 1998—1999-yillardagi mavsumda ECHLning „Jacksonville“ va 1999—2000-yillardagi mavsumda WPHLning „Monroe Moccasins“ xokey klubi jamoalarida bosh murabbiy boʻlib faoliyat olib bordi. Shundan soʻng, Brian Curran"Quad City Mallards" xokkey klubi safida bosh menejer va murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Brian Curran 2007-yil 26-aprelda „Quad City Mallards“ xokkey klubini tark etdi. Brian Curran 2007—2008-yilgi mavsumda Michigan shtatining Kalamazoo shahridagi „Kalamazoo Wings“ xokkey jamoasining bosh murabbiyi boʻldi. Brian Curran 2008-yil 8-aprelda „Kalamazoo Wings“ xokkey klubini tark etdi. 2008-yil 9-iyulda Brian Curran Alberta oʻsmirlar xokkey ligasi vakili „Brooks Bandits“ xokkey jamoasi bosh murabbiyi va bosh menejeri sifatida ishga qabul qilindi. 2009-yil 16-oktyabrda Brian Curran „Brooks Bandits“ xokkey klubi bilan kelishuv asosida o‘z vazifalaridan ozod qilindi. Brian Curran 2009-yil 25-noyabrda Alberta oʻsmirlar xokkey ligasining „Lloydminster Bobcats“ xokkey klubi bosh murabbiyi va bosh menejeri sifatida ish boshladi. Brian Curran 2012-yilning 8-martida isteʼfoga chiqqunga qadar bu lavozimda ishlagan edi. 2012-yilning 22-fevralida Brian Curran 2011—2012-yilgi mavsumda AJHLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 2012-yilning 15-martida Brian Curran AJHLning „Drumheller Dragons“ xokkey jamoasiga murabbiylik qilish va boshqarish uchun besh yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org