Brian Boitano
Brian Boitano (talaffuzi: Brian Boitano) (1963-yil 22-oktyabr, Mountain Viewda tugʻilgan) — amerikalik figurali uchish sportchisi. Toʻrt karra AQSh chempioni (1985—1988), ikki karra jahon chempioni (1986, 1988); 1988-yilgi qishki Olimpiadada erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Biografiyasi
9 yoshida u murrabiyi Linda Lever qoʻlida mashgʻulotlarni boshladi. 1987-yilda Linda Leaver xoreograf Sandra Bezichni 1988-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun qisqa va erkin dasturlarni yaratishda ishtirok etish uchun taklif qildi.
Sandra Bezik Boitanoning Olimpiya dasturlari xoreografiga aylandi va u bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Qisqa dastur uchun Giacomo Meyerbeerning (talaffuzi: Giakomo Meyerber) „Les Patineurs“ (tajimasi: Muzda uchuvchilar) baletidagi musiqa 19-asr figurali uchuvchilarga bagʻishlangan edi. „Napoleon“ filmi musiqasi uchun erkin dasturda Sandra Bezich Boitano uchun urushga ketib gʻalaba bilan qaytadigan ishqiy qahramon obrazini yaratdi.
1996-yilda uning nomi Jahon figurali uchish shon-sharaf zaliga va Amerika figurali uchish shon-sharaf zaliga kiritildi.
Brian Boitanoning superqahramonga parodiyasi ,,South Park"Rojdestvo ruhi" va "South Park: Bigger, Longer & Uncut „ multfilmlari asosida yaratilgan. Unga bagʻishlangan,,What Would Brian Boitano Do?“ (tarjimasi:Brayan Boitano nima qilar edi?) nomli qoʻshiq ommaviy mashhurlikka erishdi.
Brian Boitano — ochiq gomoseksual. 2013-yil 19-dekabrda sportchi AQSh prezidenti Barack Obama tomonidan Sochidagi 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining rasmiy Olimpiya delegatsiyasi tarkibiga kiritilganidan bir kun oʻtib coming-outni amalga oshirdi.
Hozirda u Kaliforniyaning Sunnyvale shahrida istiqomat qiladi.
Sport yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org