Brett Halliday
Brett Halliday (1904-yil 31-iyul - 1977-yil 4-fevral) amerikalik detektiv yozuvchisi
Devis Dresser taxallusi bilan ijod qilgan. Halliday Maykl Sheyn obrazi bilan tanilgan. Keyinchalik Sheyn obrazi seriyalarini yozivchining iltimosiga binoan boshqa yozuvchilar ham yozishgan. Dresser, shuningdek,
Asa Beyker ,
Metyu Blood ,
Ketrin Kalver ,
Don Devis ,
Xel Debrett ,
Entoni Skott ,
Piter Fild va
Anderson Ueyn taxallusi bilan seriyali boʻlmagan detektiv romanlarni yozgan.
Hayoti
Dresser Illinoys shtatining Chikago shahrida tugʻilgan, lekin Gʻarbiy Texasda oʻsgan. Bolaligida bigiz tufayli koʻzini yoʻqotgan va shu sababli umrining oxirigacha bir koʻziga bogʻich taqishga majbur boʻldi.
14 yoshida u uydan qochib ketadi va Fort-Blissdagi (Texas) AQShning 5-otliq polkiga xizmat qiladi, soʻngra Rio-Grandeda bir yil chegara patrulda xizmat qilgan. Xizmat tugagandan soʻng u oʻrta maktabni tugatish uchun Texasga qaytib keldi. Sarguzashtlarni izlash uchun Dresser janubi-gʻarbiy boʻylab turli xil gʻalati ishlarda ishlaydi, jumladan, fermer xoʻjaligida mol terisini tozalaydi, , Meksika koʻrfazida yuk tashuvchi kemada matros, Kaliforniya neft konlarida ishchi va hokazolarda ishlagan. Oxir-oqibat, u Tri-State muhandislik kollejiga bordi, u yerda qurilish muhandisligi boʻyicha diplom oldi. Texasga qaytib, u 1927-yilda yozishga kirishgunga qadar bir necha yil muhandis va quruvchi boʻlib ishladi.
Birinchi turmushidan keyin (oldingi turmushi Katlin Rollinsdan ikkita qizi bor), Dresser 1946-yilda detektiv yozuvchi Xelen Makkloyga uylandi va ular 1961-yilgacha birga yashab Chloe ismli qizli boʻlishdi. Birgalikda ular Halliday va Makkloy nomli adabiy agentlikni tuzdilar. Shuningdek, Dresser 1953-yildan 1965-yilgacha ishlagan uning va boshqa mualliflarning kitoblarini nashr etadigan Torquil nashriyot kompaniyasini tashkil etdi. 1961-yilda u yozuvchi Meri Savajga uylandi; ularning oʻgʻli Xollidey 1965-yilda tugʻilgan.
Sheyn personajiga asoslangan birinchi roman 1939-yilda Genri Xolt va Ko nashryoti tomonidan chop etilishidan oldin 21 nashriyot tomonidan rad etilgan. Shayn seriyasi juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Koʻplab tillarda qayta nashr etildi va fransuz, ispan, italyan, nemis, shved, yapon va arab tillariga tarjima qilindi.
1940-yillarda Sheyn personajiga asoslangan radio seriali ishlab chiqildi. Oʻn ikkita kinofilm suratga olindi, ulardan ettitasida aktyor Lloyd Nolan Sheyn rolini oʻynagan. 20th Century Fox tomonidan ishlab chiqarilgan Nolan filmlaridan beshtasi DVD diskida chiqarildi: Maykl Sheyn, xususiy detektiv ; Sleepers West ; Oʻldirish uchun kiyingan ; Moviy, oq va mukammal va oʻlmaydigan odam. ,20th Century Fox serialni olishdan toʻxtagandan soʻng Producers Releasing Corporation tomonidan yana beshta Sheyn obrazi asosida film suratga olindi, unda aktyor Xyu Bomont detektiv rolini oʻynagan. Shuningdek 1960-yilda aktyor Richard Denning rol oʻynagan Maykl Shayne Mystery Magazine deb nomlangan teleseriali 30 yilga yaqin davom etgan pulp-fantastika jurnali ham bor edi. 2005-yilda suratga olingan “ Kiss Kiss Bang Bang ” filmi qisman Hallidayning “ Murdalarni qayerdan topasiz” romaniga asoslangan. 2016-yilda suratga olingan “Yaxshi yigitlar ” filmi ham Brett Xollidey ijodiga mansub edi.
1958-yilda Dresser „Brett Halliday“ taxallusi bilan nashr etilgan romanlarni yozishni toʻxtatdi va qoʻrqinch janrida ijod qiluvchi yozuvchilar Bill Pronzini va Robert Terrellni seriyani davom ettirishlari uchun taklif qiladi. Bu jurnal va qoralamalarning asl nusxalari uchun ham tegishli edi
Dresser Amerikaning detektiv yozuvchilari tashkilotining asoschilaridan biri edi va 1954-yilda u va MakKloy janridagi tanqidiy maqolalari uchun Edgar mukofotiga sazovor munosib koʻrildi.
U vafot etgunga qadar Kaliforniyaning Santa-Barbara shahrida yashagan.
Romanlar
Filmlar
Lloyd Nolan bilan:
Hugh Beaumont bilan:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org