Brest
Brest (belaruscha: Брэст; 1921-yilgacha
Brest-Litovsk , 1939-yilgacha Brest-Lug) — Belarus shahar. Brest viloyatining maʼmuriy markazi. Muxaves daryosi Gʻarbiy Bug daryosiga quyilish yerida. Dare porti va temir yoʻl tuguni. Aholisi 278 ming kishi (1999).
Dastlab 1017-yilgi solnomalarda Berestye nomi bilan tilga olingan. 11 asrda Turov knyazligi qoʻl ostida boʻlgan. 1044-yilda Kiyev knyazligi bosib olgan va 12-asr oʻrtalaridan Volinsk knyazligiga tobe boʻlgan. 1319-yilda Litva knyazligi bosib olgan. Lyublin uniyasi boʻyicha Brest 1569-yil Rech Pospolita tarkibiga kirgan. 1596-yil Brestda Brest uniyasi eʼlon kilindi. 1795-yilda Brestni Rossiya bosib oldi. 19-asrning 30- yillaridan boshlab Brest qalʼa bilan mustahkamlandi. 20-asr boshlarida Brest Rossiya imperiyasining gʻarbiy chegarasidagi eng mustahkam qalʼaga aylandi. 1918-yil Brestda Rossiya bilan Germaniya oʻrtasida Brest sulhi tuzildi. 1919-yil dan Brest Polsha, 1939-yildan Belarus tarkibida. Urush yillarida (1941—45) Brestda shiddatli janglar boʻlgan. Brest 1944-yildan keyin qayta tiklandi va zamonaviy binolar qurilishi hisobiga kengaydi.
Brest— yirik sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va Brest qalʼasi mudofaasi muzeyi bor.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org