Bress Blyo
Bress Blyo (fransuzcha: Bresse Bleu) — koʻk pishloqlar turkumiga kiradigan fransuz pishlogʻi.
Tarixi
Bress Blyo birinchi marta Ikkinchi Jahon urushidan keyin Fransiyaning janubida Bress shahrida ishab chiqarilgan, asl retsepti 1950-yildan beri maʼlum boʻlgan.
Ishlab chiqarilishi
Pishloq Fransiyaning janubida yil davomida tayyorlanadi. Tayyorlash uchun pasterizatsiyalangan sigir suti ishlatiladi. Qarish jarayoni ikki haftadan toʻrt haftagacha davom etishi mumkin.
Tavsif
Pishloq boshchalari silindrsimon va uchta oʻlchamda ishlab chiqariladi:
Bress Blyo mogʻor qoplamali sutli oq qobiq bilan qoplangan. Qobiq ostida nozik kremsi tuzilishga ega boʻlgan yogʻli fil suyagi pulpasi va mogʻorning katta qismlari mavjud. U nozik qaymoqli tuzilishga hamda qalampir va qaymoqning qoʻshimcha sutli taʼmiga ega, shuningdek, koʻk pishloqning yengil hidiga ega. Pishloqning yog 'miqdori 55 % ni tashkil qiladi, bundan tashqari, yogʻ miqdori 15 % boʻlgan yengil turi ham mavjud.
Oq koʻpikli vinolar bilan birlashtirilgan mustaqil taom sifatida ishlatiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org