Bresha Webb




Bresha Webb (1984-yil 6-mayda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 2010-yildan 2014-yilgacha TV One kanalida efirga uzatilgan „Love That Girl“ komediya serialida Imunique Jefferson rolini ijro etgan. Keyinchalik u Meet the Blacks (2016), „Acrimony“ (2018), Night School (2018), „Sextuplets“ (2019) va A Fall from Grace (2020) filmlarida suratga tushgan.

Yoshligi



Webb Merilend shtatining Baltimor shahrida Garfild va Shi Webb oilasida tugʻilgan. 2002-yilda Baltimor sanʼat maktabini tamomlagan. Uning soʻzlariga koʻra, ota-onasi uni doimo qoʻllab quvvatlab kelishgan. U dindor xristian, hayotida Xudoni birinchi oʻringa qoʻyishini uning borligiga qattiq ishonishini aytgan. 2007-yilda u Kaliforniya sanʼat institutini aktyorlik boʻyicha BFA bilan tamomlagan.

Faoliyati



Webb oʻz aktyorlik faoliyatini televizion filmlarda suratga tushish bilan boshlagan. 2008-yildan 2009-yilgacha u NBC da efirga uzatilgan tibbiy drama seriali ERda doktor Lavern Sent-Jon rolini ijro etgan. 2010-yilda u Tatyana Ali bilan „TV One“ kanalida efirga uzatilgan Love that Girl! filmida rol ijro etgan. 2013-yilda Webb Saturday Night Live-ning maxsus sonida u afro-amerikalik ayol komik aktrisalardan biri sifatida koʻrsatilgan. 2014-yilda u Kevin Xart tomonidan ishlab chiqarilgan ABC loyihasi boʻlgan It Together filmida suratga tushdi. Shuningdek, 2014-yilda u ABC tibbiy drama seriali Grey’s Anatomyda Tereza Morris rolini ijro etgan.

2015-yilda Webb „Truth Be Told“ sitkomida rol ijro etgan. 2017-yildan 2018-yilgacha u boshqa NBC serialida Marlon, Marlon Wayans va Essence Atkins bilan birga rol ijro etgn. Ikki mavsumdan keyin serial bekor qilingan. 2019-yilda u „Sextuplets“ komediya filmida Marlon Ueyans bilan rol ijro etgan. Keyingi yili u Kristal R. Foks bilan „A Fall from Grace“ triller filmida rol ijro etdi.

Filmografiyasi




Televizion/veb




Videooʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz