Brent Kallman
Brent Kallman (talaffuzi: Brent Kollman; 1990-yil 4-oktyabrda AQShning Nebraska shtati Omaha shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, Minnesota United futbol klubining markaziy himoyachisi.
Biografiyasi
Kallman Nebraska shtatining Omaha shahrida tugʻilgan. U toʻrt yoshga toʻlganda, uning oilasi Minnesota shtatining Voodbury shaharchasiga koʻchib oʻtgan. Brent oiladagi olti farzandning beshinchisi boʻlgan. Aka-ukalarning beshtasi kollejdagi futbol jamoalarida oʻynagan. Ammo, Brentning yana akasi Brayan va singlisi Kessi ham professional futbol bilan shugʻullangan.
2009-2012 yillarda Creighton universitetida oʻqiyotganda, Kallman Milliy kollej atletika assotsiatsiyasining universitet futbol jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
2013-yilning may oyida Kallman Shimoliy Amerika futbol ligasidagi „Minnesota United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. U professional debyutini 2013-yilning 21-may kuni AQSh Ochiq Kubogida „Des Moines Menace“ futbol klubiga qarshi o‘tkazdi. U Shimoliy Amerika futbol ligasidagi debyutini 2013-yilning 25-mayida „Tampa Bay Rowdies“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 2015-yil 17-oktyabrda „Indy Eleven“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u professional faoliyatidagi ilk golini kiritdi.
Kallman 2017-yil 23-yanvarda yangi tashkil etilgan boshqa klub bilan shartnoma imzolagan. U oliy ligadagi debyutini 2017-yilning 18-martida Colorado Rapidsga qarshi oʻtkazdi. 2017-yil 25-martda New England Revolution futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urdi.
2019-yil 19-sentyabrda MLS Kallmanni 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan va u doping qabul qilganlikda ayblanib, yillik maoshining 20 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.
Jamoalari
Manbalar
uz.wikipedia.org