Brendan Ranford
Brendan Ranford (talaffuzi: Brendan Renford) (1992-yil 3-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi.
Brendan Ranford „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 2010-yilgi NHL kirish loyihasida 209-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Brendan Ranford Milliy xokkey ligasining sobiq darvozaboni Bill Ranfordning jiyani hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Brendan Ranford 2004—2005-yillardagi Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Shimoliy Vancouverning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Brendan Ranford 2013-yil 24-may kuni Amerika xokkey ligasining vakili "Texas Stars" xokkey jamoasi bilan sinov shartnomasini imzoladi. „Texas Stars“ klubi bilan muvaffaqiyatli oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan soʻng, Brendan Ranford 2013—2014-yilgi mavsumida oʻzining yangi professional mavsumini boshlash uchun bir yillik AHL shartnomasiga imzo chekdi. Ranford klub bilan debyut mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazdi va 65 oʻyinda 33 ochko toʻpladi. 2014-yilgi Calder kubogi pley-off oʻyinlarida Brendan Ranford 16 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Brendan Ranford oʻz natijasi bilan jamoasining ilk Calder kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.
2014-yil 2-iyulda Ranford klubning NHL filiali „Dallas Stars“ xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzoladi.
2016—2017-yilgi mavsumda, „Texas Stars“ klubidagi toʻrtinchi yil oʻrtalarida, Ranford Branden Trock bilan birga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga Justin Peters va Justin Hache evaziga 2017-yilning 1-fevralida almashtirildi. Shundan soʻng, Brendan Ranford klubning filiali „Tucson Roadrunners“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brendan Ranford 2017-yil 1-martda Joe Whitney evaziga „Colorado Avalenche“ xokkey klubiga almashtirildi. U klub safidagi ilk mavsumida 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Keyinchalik, Brendan Ranford Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2018-yil 28-iyun kuni Germaniyaning „Eisbären Berlin“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org