Brenda Vaccaro
Brenda Buell Vaccaro (talaffuzi: Brenda Biel Vakkaro; 18-noyabr, 1939-yil, New York, AQSh da tugʻilgan) — amerikalik sahna, televideniye va kino aktrisasi. Yarim asrdan ortiq davom etgan faoliyati davomida u bir marta Oscar mukofotiga, uch marotaba Oltin globus mukofotiga (bittasi gʻalaba), toʻrt marotaba Primetime Emmy mukofotiga (bittasi gʻalaba) va uch marotaba Tony mukofotiga nomzod boʻlgan.
Yoshligi
Vaccaro New Yorkning Brooklyn shahrida italyan-amerikalik ota-onasi Christine M. va restoranchi Mario A. Vaccarolar oilasida tugʻilgan. U Dallas (Texas)da oʻsib ulgʻaygan va u yerda Thomas Jefferson oʻrta maktabini tamomlagan. Shaharda 1943-yilda uning ota-onasi „Marioʻs Restaurant“ (tarj. Mario restorani)ga asos solgan.
U 17 yoshida Neighbourhood Playhouseda Sanford Meisner rahbarligi ostida aktyorlik mahoratini oʻrganish uchun New York shahriga qaytib keladi. 1961-yilda qisqa muddatli Broadwayda Everybody Loves Opal komediyasida oʻz debyutini amalga oshiradi. Buning uchun u Theatre World mukofotiga sazovor boʻladi.
Faoliyati
Vaccaroning Broadwaydagi chiqishlari orasida The Affair (1962), Cactus Flower (1965), musiqali How Now, Dow Jones (1967), The Goodbye People (1968), The Odd Couple (1985) hamda Jake's Women (1992) kabi pyessalari mavjud. Xirillagan ovozli aktrisa Tony mukofotiga „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ (Cactus Flower), „Myuzikldagi eng yaxshi aktrisa“ (Dow Jones) va „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ (The Goodbye People) nominatsiyalari uchun uch karra nomzod boʻlgan. U 1970-yil 29-mayda Life jurnalining muqovasida tasvirlangan.
Vaccaro 1980-yilda Andrea Martin tomonidan suratga olingan hamda SCTV telekanalida efirga uzatilgan ayollar gigiyena vositalarining yangi tijorat reklamasida paydo boʻlgan. U animatsion multserial Johnny Bravoda bosh qahramoning onasi Bunny Bravoning ovozini dublyajlashtirgan. U The Critic teleserialida bosh qahramon Jayning (Jon Lovitz) sobiq rafiqasi Ardet uchun dublyajda ovoz beradi. U The Smurfs (1981) filmida Paul Winchell ijro etgan Gargamel obrazining shogirdi Scruple rolida koʻrinish beradi.
Valerie Harper sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng, Ogunquit Playhouse (Meyn)da Nice Work If You Can Get It musiqiy asarida ishtirok etishdan voz kechishga majbur boʻladi. Vaccaro 2015-yilning 4—15-avgust kunlari oʻtishi rejalashtirilgan spektaklning qolgan qismida Millicent Winter rolini ijro etishni oʻz zimmasiga oladi. Aktrisa You Don't Know Jack (2010) filmida Al Pacinoning singlisi rolini ijro etgan. U And Just Like That nomli televizion serialning qayta ishlangan versiyasi — Sex and the Cityda Gloria Marquette rolini ham gavdalantirgan.
Shaxsiy hayoti
Vaccaro 1971-yilda Summertree kartinasi hammuallifi Michael Douglas bilan qariyb yetti yillik ishqiy munosabatlar davomiyligini boshlagan. U Barbra Streisand bilan doʻst boʻlgan. Ularning doʻstligiga sabab ikkalasi ham 1960-yillarning boshida Broadwayda birga faoliyat olib borishgan. Aktrisa dugonasi Streisand rejissorlik qilgan The Mirror Has Two Faces filmida rol ijro etgan.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Sahnalarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org