Brenda Song




Brenda Song (1988-yil 27-martda Kaliforniyada tugʻilgan) – amerikalik aktrisa.

Ilk faoliyati



Song oʻz faoliyatini olti yoshida qizaloqlar kiyimlari uchun model sifatida boshlagan. Ekrandagi ilk chiqishini esa "Thunder Alley" (1995-yil) koʻrsatuvida mehmonlikdan boshladi va " Faj " (1995-yil) bolalar teleserialida bosh rollardan birini ijro etdi. „Young artist award“ mukofotiga sazovor boʻlgan "The Ultimate Christmas Present" (2000) original filmda ham oʻz roli bilan qatnashdi. Keyinchalik u Disney Channel bilan shartnoma imzoladi. "Homecoming Warrior" (2006) filmidagi bosh qahramon va "The Suite Life „ (2005–2011) komediya franshizasida London Tipton rollarini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻldi. Sanʼatga kirib kelganiga koʻp boʻlmay u oʻz muxlislarini topa oldi.

Taʼlimi



Brenda Song olti yoshga toʻlganida, aktyorlik karyerasini davom ettirish maqsadida onasi bilan Los-Anjelesga, Kaliforniyaga koʻchib oʻtdi. Yoshligida Song balet bilan shugʻullanishni, ukasi esa taekvondo sportini xohlardi. Onasi esa ikkisini ham taekvondoga joylashtirdi. Song birinchi sinfi davomida yigʻlagan boʻlsa-da, u hozir taekvondo boʻyicha qora kamar sohibasi. Yosh aktrisa ayrim sabablarga koʻra uyda taʼlim oldi va 16 yoshida oʻrta maktab diplomini qoʻlga kiritdi, keyin mahalliy kollejlarda kurslar oldi. U 2009- yilda Berkli Kaliforniya universitetini tamomlagan.

Karyerasi



Song tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan “The Social Network" (2010) biografik drama filmida asosiy rol ijro etuvchilar tarkibiga oʻtdi va ABC siyosiy trilleri „Scandal“ (2012–2013), „Fox“, "New girl „ va“Dads" sitkomida (2013) bosh rollarni ijro etdi. 2014-yil oktabrda esa 20th Century Fox Television bilan shartnomasini imzoladi va keyinchalik NBC va CBS uchun bir nechta televizion kinolarda, jumladan, "Pure Genius" (2016–2017) dramasi, Station 19 (2018–2020) va shu kabi bir nechta drama qismlarida rol oʻynadi. Song Disney Channel tomonidan ishlangan "Amfibiya" (2019–2022) animatsion serialida Enn Boonchuy ovozini taqdim etib, dublyaj aktrisasi sifatida ham oʻzini munosib koʻrsata oldi. Aktrisaning shov-shuvli rollaridan biri "Dollface" komedik-dramatik serialida (2019–2022) ijro etgan Medison Maksvell roli boʻldi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz