BREILA



BREILA, Braila — Ruminiyaning Janubi sharqidagi shahar. Dunay daryosining chap sohilida. Breila judesining ma’muriy markazi. Aholisi 235 ming kishi (1992). Breila muhim transport yo’llari tuguni, mamlakatdagi eng yirik portlardan, dengiz kemalari boradigan oxirgi punkt. Sanoatining asosiy tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (kemasozlik, qurilish va yo’l mashinalari hamda po’lat prokat), oziq-ovqat sanoati (vino, un, spirtarak). Tikuvchilik, tsement, yog’ochsozlik korxonalari bor. Breila yaqinida qamishni qayta ishlovchi, tsellyuloza, karton, sun’iy tola, kord va boshqa ishlab chiqaruvchi 1 stansiya bor. Shahar 6-asrdan ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz