BREGG-VULF SHARTI — to’lqin uzunligini o’zgartirmay kristalldan sochilgan rentgen nurlarining interferentsion maksimumlari vaziyatini belgilovchi shart. Ingliz fizigi U. L. Bregg va rus fizigi G. V. Vulf tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda 1913 yil topilgan. Bu shartga ko’ra, rentgen nurlari parallel kristallografik tekisliklar tizimidan qaytganda interferentsion maksimumlar vujudga keladi. Bregg—Vulf shartini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: 2sipv=PK, bunda d — tekisliklar orasidagi masofa, v — qaytaruvchi tekislik bilan tushayotgan nur orasidagi burchak, X — rentgen nurlari to’lqinlari uzunligi, p — nur qaytarish tartibi, ya’ni musbat yaxlit son. Kristallardan fakat rentgen nurlari emas, balki u nurlar sochilganda (elektronlar, protonlar va neytronlar difraktsiyasida) ham Bregg—Vulf sharti bajariladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish