Breaking Me
„
Breaking Me “(tarjimasi:Meni sindirish) — nemis qoʻshiqchisi DJ Topic va shved qoʻshiqchisi A7S birgalikda ijro etgan qoʻshiq. „Breaking Me“ qoʻshigʻi 2019-yil 19-dekabrda Virgin va Universal leybllari orqali chiqarildi. Qoʻshiq chiqarilganidan beri Belgiyaning Ultratop chartida, Isroil, Portugaliya va Ruminiya chartlarida birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Boshqa mamalakatlar xususan,Kanada,Germaniya,Irlandiya,Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya chartlarida dastlabki 10 talikka kirgan.
„Breaking Me“ qoʻshigʻi 2021-yilgi „Billboard Music Awards“ marosimida "Eng yaxshi raqs va elektron qoʻshiq " nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Ammo tadbirda „Breaking Me“ qoʻshigʻi Saint Jhn tomonidan ijro etilgan „Roses“ nomli qoʻshiqqa yutqazgan.
Fon
Qoʻshiq haqida gap ketganda sanʼatkorlar „Breaking Me“ qoʻshigʻi „qalb ogʻrigʻi va kundalik janjallar oʻrtasidagi shirin va totli nuqta“da yaratilganligini taʼkidlashadilar.Mavzusiga koʻra qoʻshiq „kishilar oʻrtasidagi munosabatlarda koʻngliga koʻproq aziyat yetkazilgan inson haqida boʻlib, uning koʻngli jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda anchagina siniqqan va singan“ligini aks ettiradi. „Breaking Me“ qoʻshigʻi ikki oy davomida Berlin va Mayamidagi qoʻshiq yozish studiyalarida yozilgan.
Tanqidiy qabul
EDM xodimi Rachel Kupfer „Breaking Me“ qoʻshigʻini „vaguely tropical house“(„aniq tropik uy“) deb taʼrifladi. „Breaking Me“ qoʻshigʻini Rachel Kupferda „ham xira yoritilgan raqs maydonchalari, ham popdan ilhomlangan festival qatnashchilarini“ tasvirlash uchun yaratilgandek tassavvur uygʻotgan. Rachel Kupfer, shuningdek, A7S vokalining „bouncy bass liniyasi va clubby synthsga qanchalik mos kelishini“ aytib oʻtgan. Tanqidchilar „Breaking Me“ qoʻshigʻining ijrochisi A7S anonimligiga qaramay, qoʻshiq shved qoʻshiqchisi tomonidan kuylangan boshqa qoʻshiqlardan koʻra koʻproq foyda keltirishini taʼkidladilar.
Chartlar
Haftalik chartlar
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org