Bård Finne
Bård Finne (talaffuzi: Bord Finne; 1995-yil 13-fevralda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, SK Brann jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Finne professional faoliyatini Brannda boshlagan. 15 yoshdan 21 yoshigacha Norvegiya yoshlar terma jamoasini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Brann
Bolaligida Finne futbol oʻynashdan tashqari yengil atletika va changʻi sportida ham qatnashgan. Brann stadioni atrofida oʻsgan Finne SK Trane bilan futbol oʻynagan, 12 yoshida yengil atletika va changʻi sportidan voz kechdi. Nymark ILga qoʻshildi. Andreas Vindheim va Kasper Skaanes bilan bir jamoada oʻynadi. 2009-yilda SK Brannning yoshlar jamoasiga qoʻshilishdi.
Cologne
2013-yilning 20-avgustida Cologne bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. 9-fevral kuni „RheinEnergie“ stadionida Bundesliganing 2-turi doirasida „Paderborn“ga qarshi oʻyinning (yakuniy natija 0:1) 46-daqiqasida Anthony Ujahning oʻrniga maydonga tushib debyut qildi.
Heidenheim
2016-yil 16-yanvarda 1. FC Heidenheimga oʻtdi. Finne safida 24 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Vålerenga
2017-yil 24-fevralda Finne Vålerenga bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 3-aprel kuni Vålerenga safida Vikingga qarshi debyut uchrashuvida oʻyinning yagona goliga mualliflik qildi.
SønderjyskE
2020-yil 10-oktabr kuni Daniya Superliga klubi SønderjyskE Finneni 2021-yildan 2024-yil iyunigacha shartnoma asosida klubda oʻynashini tasdiqladi.
Brannga qaytish
2021-yil 5-avgustda Finne Norvegiyaga qaytib keldi va sobiq klubi SK Brann bilan 2025-yil iyunigacha shartnoma imzoladi. 16 ta gol bilan 2022-yilgi Norvegiya birinchi divizionida eng yaxshi toʻpurarga aylandi.
Xalqaro faoliyati
Finne 2010-yil oktyabrda 15 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi turnirda Portugaliya, Fransiya va Gollandiyaga qarshi oʻyin uchun tarkibga kiritildi. 2010-yilda 15 yoshgacha boʻlganlar jamoasida jami beshta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi yili 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi. 2012-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasida 11 ta oʻyinda 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 18 yoshgacha boʻlganlar safida 11 ta oʻyinda 3 ta gol urdi. 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida debyut qilgan. 2013-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol chempionatining elit saralash bosqichida Gollandiya U19 va Kipr U19 terma jamoalariga gol urgan.
Faoliyat statistikasi
29-oktyabr, 2022-yil[15][16]
Yutuqlari
Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org