Braziliya etirozlari (2013)
2013-yilgi Braziliya eʼtirozlari (boshqa nomlari:
Salat qoʻzgʻoloni ,
Sirka qoʻzgʻoloni ,
Braziliya bahori ) Braziliyaning Natal shahrida 2012-yil avgustida boshlanib, 2013-yil mart oyida boshqa shaharlariga tarqab ketgan norozilik namoyishlaridir. Noroziliklar Movimento Passe Livre (Bepul Kira Harakati) tomonidan tashkillashtirilib, avvalboshda jamoat transportida yoʻlkira haqi oshirilishi tufayli kelib chiqdi. Eʼtirozlar keyinchalik ularni bostirishda namoyon boʻlgan politsiya shafqatsizligiga qarshi boʻlib ketdi. 2013-yil iyuniga kelib namoyishlar 1992-yildan beri Braziliya koʻrgan eng katta tadbirga aylandi.
Namoyishchilar keng koʻlamli islohotlar talab qilishdi, bularga xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga eʼtibor qaratish, futbol boʻyicha jahon chempionati kabi xalqaro sport tadbirlariga ortiqcha pul sarflamaslik, jamoat transporti infratizimini yaxshilash va shu bilan birga yoʻl haqini pasaytirish kabi talablar kiradi. Noroziliklarda qatnashayotganlarning aksariyati oliy maʼlumotli fuqarolardir.
Tasvirlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org