Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi (portugal tilida:
Seleção Brasileira Feminina de futebol ) xalqaro ayollar futbolida Braziliya sharafini himoya qiladi va Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) tomonidan boshqariladi. Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, 2007-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi Amerika ayollar kubogining yettita marta gʻolibi hisoblanadi.
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi oʻyinini 1986-yil 22-iyulda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1999-yilgi jahon chempionatini uchinchi, 2007-yili esa ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Oʻshanda Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Germaniya ayollar terma jamosiga 2:0 hisobida yutqazgan. Braziliya 2004 va 2008-yillardagi Olimpiada oʻyinlarida ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Braziliya Janubiy Amerikadagi eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi boʻlib, Copa Amerika chempionatining dastlabki toʻrttasida ketma-ket gʻalaba qozongan. 1998 va 1999-yillarda Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi AQSh kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.
2017-yilda Braziliya Futbol Konfederatsiyasi Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiy Emily Limani ishdan boʻshatish haqidagi qarori jamoa futbolchilarida norozilik uygʻotgan edi. Ushbu bahs koʻproq maosh, mamlakatning ayol futbolchisiga nisbatan koʻproq hurmat va eʼtirof uchun bahsga aylanib ketdi. Natijada, Chrishtiane, Rosana va Francielle kabi futbolchilar xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlashlarini eʼlon qilishdi va bu qarorlari bilan kelgusi-yillarda Braziliya ayollar futbolida oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligiga umid qilishdi.
Tarixi
Garchi bugungi kunda Braziliya ayollar terma jamoasi dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri boʻlsa-da, Braziliyada jamiyatning ayollarga sport bilan shugʻillanishiga qarshilik qilishining toʻxtaganiga koʻp vaqt oʻtmadi. Natijada O imparcial va Jornal dos sport kabi jurnallar ayollar oʻyinini yoritib, ularning mahalliy kubok musobaqalaridagi yutuqlarini maqtashdi. Shunga qaramay, 1940-yillarning oʻrtalariga qadar, Braziliya diktaturaga aylanganidan keyin hukumat ayollar oʻyinini taqiqlagan. Yangi diktatura davridagi totalitarizm mafkuralar ayol tanasini himoya qilishga chaqirdi, shuning uchun ham ayollar tanasi sport bilan shugʻillanishga qodir emas degan bahona ostida ayollarni sportdan diskvalifikatsiya qilish xohishi butun mamlakat boʻylab kuchli harakatga aylandi. 1965-yilda hukumat Braziliyada nafaqat futbol, balki barcha ayollar sportini toʻxtatishga haqida qaror qabul qildi.
Bu taqiq 1970-yillarning oxirigacha, Braziliya siyosiy surgunlarining mamlakatga qaytishiga ruxsat beruvchi Amnistiya toʻgʻrisidagi qonunlarni qabul qilguniga qadar bekor qilindi. Nihoyat, 1979-yilda Braziliya Milliy Sport Kengashi № 24 qarorini qabul qildi. Bu qaror 10 ayollar sportini (shu jumladan, futbolni ham) tiklash haqida edi. Bugungi kunda qadar milliy terma jamoa 7 marta Amerika kubogini qoʻlga kiritgan va bir marta jahon chempionati finaliga chiqqan va finalda Germaniya terma jamoasidan magʻlub boʻlgan. Eng taʼsirli statistik maʼlumotlarga koʻra, jamoa oʻzining ilk rasmiy oʻyinini 1986-yilda oʻtkazgan boʻlsa-da, atigi 5-yil oʻtib Amerika Kubogida birinchi chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Jamoaning norasmiy nomi (laqabi)
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Seleção (Milliy tarkib)“, „As Canarinhas (Ayol kanareykalar)“ yoki „ Verde-Amarela (yashil-sariqlar)“ laqablari bilan tanilgan.
Homiylik
Sport anjomlari bilan taʼminlash Hozirda Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan sport anjomlari bilan taʼminlab berish haqidagi homiylik shartnomasi Nike kompaniyasi bilan bilan imzolangan.
FIFAning jahon reytingi
Jamoaning umumiy natijalari
Statistika 2022-yil 10-avgust holatiga koʻra berilgan.
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar roʻyxati
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
2022-yilgi Amerika ayollar kubogi uchun qaydnomaga quyidagi futbolchilar kiritildi.
uz.wikipedia.org