Brayan Burrell




Brayan Tomas Burrell (xitoycha: 布偉傑 , 1972-yil 23-martda tugʻilgan) — Gonkongdagi Kanton televizion spektakllaridagi rollari bilan mashhur boʻlgan amerika-gonkonglik aktor. Burrell, shuningdek, Gonkong TVB teleradiokompaniyasining yillar davomida bir nechta xitoylik boʻlmagan sanʼatkor aktorlardan bir sanaladi.

Yoshligi



Burrel Utah shtatining Salt Lake City shahrida tug‘ilgan va 1999-yilda Yuta universitetini Xitoy adabiyoti va Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha yoʻnalishini tamomlagan. Burrell birinchi marta 1995-yilda Gonkongga ingliz tilidan dars berish uchun borgan va 1999-yilda AQShdan Gonkongga doimiy ravishda qatnab turgan. Shuningdek, u turli shevalarda soʻzlasha oladi va kanton, mandarin va kambodja tillarini ham oʻqiy oladi.

Aktorlik faoliyati



Brayan oʻzining aktorlik faoliyatini 2001-yilda, TVB telekanalining "A Case of Misadventure" (Baxtsiz hodisa) (xitoycha: 騎呢大狀)dagi roli bilan boshlagan. Brayan oxir-oqibat aktor boʻlish uchun axborot texnologiyalari sohasidagi ishidan voz kechdi va keyinchalik TVB tomonidan artist sifatida shartnoma imzolandi.

Uni televideniye aktorligi bilan Gonkongdagi yana bir yevropalik aktor Gregoriy Charlz Rivers tanishtirdi. TVBga kirganidan boshlab Burrell koʻplab turli teleseriallarda rol oʻynagan.

Gonkong televideniyesida muntazam ravishda paydo boʻladigan sanoqli xitoylik boʻlmagan aktorlardan biri sifatida Brayan 2007-yil oktyabr oyida „Muse“ jurnalida intervyu va „Salom qoʻshni“ badiiy hikoyasida namoyish etildi.

TVB ga kirganidan soʻng u koʻplab teleseriallarda turli xil rollarni ijro etgan va bir qator reklamalarda qatnashgan. Shuningdek, koʻplab estrada shoulari va kompaniya tadbirlarida rejissor va mehmon boʻlgan.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz