BRAVE PANJARALARI — kristallar fazoviy panjaralarining ko’rinishi; 14 ta uch o’lchovli geometrik panjaralardan iborat. Frantsuz olimi O. Brave (1811-63) topgan (1848). Elementar uyalar simmetriyasi, ya’ni ularning qirralari bilan burchaklari o’rtasidagi nisbat, shuningdek markazlashganlik xususiyati jihatdan farqlanadi. Brave panjaralari kristallning istalgan nuqtasiga ko’chirish amali (operasiyasi) ta’sirida hosil bo’ladi. Har xil minerallarda Brave panjaralari o’ziga xos tuzilgan. Minerallarni to’g’ri aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish