Brave (2012 film)
Sheryurak qiz (inglizcha: Brave) 2012-yili katta ekranlarga chiqarlgan fentezi janridagi 3D kompyuter-animatsion film boʻlib, Pixar Animation Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan.
Sheryurak qiz filmi xalqaro premyerasi Seattle Xalqaro Film Festivalida 10-iyun 2012-yilda, Shimoliy Amerikada 22-iyun 2012-yilda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, film „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasi boʻyicha Oscar (Akademiya) Oltin Globus, va BAFTA mukofotlari sovrindori boʻldi. Kinoteatrlarda ushbu film bilan birga bonus sifatida La Luna qisqa hajmli filmi ham namoyish etildi.
Mazmuni
Uzoq oʻtmishdan beri kelayotgan rivoyat va afsonalar Shotlandiyaning manzarali togllarini chiroyli gulchambarlar kabi sirli oʻrab turar edi. Mergan kamonchi Merida hayotda oʻz oʻrnini mustaqil ravishda oʻzi tanlashi kerak boʻlib, shohlikning qadimiy urf-odatlariga rioya qilishdan voz kechadi va qudratli shotlandiyalik urugʻlar va ularning oqsoqollari: besunaqay Lord MakGaffin, jahldor lord Mackintosh va janjallkash lord Dingvollga qarshi chiqadi. Meridaning ehtiyotsiz hatti-harakatlari natijasida qirollikning tinch hayotiga tahdid soladi va u yordam soʻrab gʻalati jodugarning oldiga boradi. Jodugar esa yordam berish oʻrniga oʻz navbatida Meridaga xavfli afsun soladi. Yaʼni Meridaning onasi Qirolicha Elinorni ayiqqa aylantirib qoʻyadi. Yosh malika kuchli sehrni yengish va togʻ vodiylaridagi eng dahshatli hayvonni yengish uchun faqat oʻz jasoratiga tayanishi kerak edi.
Ovoz berganlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org