BRAUNSHVEYG



BRAUNSHVEYG — Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi shahar. Oker daryosi bo’yidagi port. Aholisi 259 ming kishi (1992). Temir yo’l tuguni. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik (yengil va yuk mashinalari, avtobuslar). Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. To’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. 12-asrda qurilgan sobor saqlangan. Shaharga 11-asrda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz