Braun Vladimir Fyodorovich




Braun Vladimir Fyodorovich (1947.16.4, Perm viloyati Solikamsk shahri) — opera xonandasi (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1986). Odessa konservatoriyasini tugatgach (1977), Novosibirsk opera va balet teatri, 1979—91 yillarda A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. Rigoletto, Amonasro, Yago (J. Verdi, "Rigoletto", "Aida", "Otello"), Eskamilo (J. Bize, "Karmen"), Tomskiy (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi"), Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor") Lefort (A. Petrov, "Pyotr I"), Ruprext (S. Prokofyev, "Olovli farishta") partiyalarini ijro etgan. Ovozi yoqimli tembr va toʻliq diapazonga ega. B. obrazlarni vokal ijrosi va sahna vositalari mushtarakligida ochishga intiladi. Konsert repertuaridan romans, qoʻshiqlar ham oʻrin olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz