BRAUN VLADIMIR FYODOROVICH



BRAUN VLADIMIR FYODOROVICH (1947.16.4, Perm viloyati Solikamsk shahri) — opera xonandasi (dramatik bariton). O’zbekiston xalq artisti (1986). Odessa konservatoriyasini tugatgach (1977), Novosibirsk opera va balet teatri, 1979-91 yillarda A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. Rigoletto, Amonasro, Yago (J. Verdi, “Rigoletto”, “Aida”, “Otello”), Eskamilo (J. Bize, “Karmen”), Tomskiy (P. Chaykovskiy, “Qarg’a motkasi”), Igor (A. Borodin, “Knyaz Igor”) Lefort (A. Petrov, “Pyotr I”), Ruprext (S. Prokofev, “Olovli farishta”) partiyalarini ijro etgan. Ovozi yoqimli tembr va to’liq diapazonga ega. Braun obrazlarni vokal ijrosi va sahna vositalari mushtarakligida ochishga intiladi. Kontsert repertuaridan romans, qo’shiqlar ham o’rin olgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz