Braun Eduard Grenvill
Edward Granville Browne (talaffuzi: Eduard Grenvill Braun) (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij untida sharq tillari va tabobat ilmini oʻrgangan. Uzoq vaqg Eronda yashagan. Kembrij untida arab va fors tillari prof. (1888— 1925). Yaqin va Oʻrta Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalklarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U "Bir yil forslar orasida" (1893), 4 jildli "Eron adabiyoti tarixi" (1902—24), "Hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti" (1914), "Arab tabobati" (1921) nomli asarlar muallifi. B. Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Toʻrt maqola"si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro"si (1901) matnini nashr ettirgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org