Brattagh
Bayroq - bir mamlakatni yoki tashkilotni namoyish qiluvchi rangli mato parchasidir. Asosan uzun choʻpning uchida boʻladi. Har bir mamlakatning mustaqilligini bildirgan bayrogʻi bor.
Bayroq — 1) tayoq, sim va boshqa narsaga mahkamlangan muayyan rang va oʻlchamdagi mato. Oʻrta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tugʻa deb atalgan (qarang Harbiy bayroq). Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona oʻz Bayrogʻiga ega boʻlgan; 2) davlatning rasmiy ramzi (qarang Davlat bayrogʻi).
Bayroq soʻzi «botroq» soʻzidan kelib chiqgan boʻlib, botirmoq maʼnosida keladi. Qadimgi turklar tuproqga botirilgan tirgovichlarni uchiga qabilalarini ramzi sifatida matolar yoki iplar osar edilar. Vaqt oʻtishi bilan bu «Tuproqga botirilgan yogʻoch» «toʻlqinlangan davlat ramzi»ga aylanadi.
Avval bayroqlar faqatgina habarlashish, signal berish kabi maqsadlarda ishlatilgan. Mamlakatlar oʻz bayroqlariga ega boʻlishlari esa, Oʻrta asrlarda urushlarda ikki taraf bir-biridan farqlanmoq uchun bayroq ishlatilgan. Shunday qilib har bir mamlakatning oʻz bayrogʻi paydo boʻla boshlagan.
Xristofor Kolumb davrida har bir kema qaysi mamlakatga mansub ekanligini bildirish uchun oʻzlari bilan bayroq olib yurishlari majburiy edi. Buning natijasida hozirgi kunimizdagi bayroq sistemasi yaralgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org