BRATISLAVA UNIVERSITETI



BRATISLAVA UNIVERSITETI, Yan Amos Komenskiy nomidagi Bratislava universiti — Slovakiyadagi dastlabki universitet. 1919 yilda tashkil etilgan. Bratislava universiteti huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, falsafa, san’at, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 18 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasida 1,5 millionga yaqin asar saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz