Brat




"Aka" (ruscha: Брат) - kriminal drama janridagi rus badiiy filmi. Rejissor Aleksey Balabanovning to'rtinchi filmi.

Film "Afisha" jurnaliga ko'ra 100 ta asosiy rus filmlari ro'yxatiga kiritilgan Film uchun Bodrov va Balabanov mos ravishda eng yaxshi aktyor va eng yaxshi rejissor sifatida Kinotavr festivalining Gran-prisini oldilar(1997).

Syujet



1996-yil kuz. Chechen urushidan qaytgach, Danila Bagrov o'zi tug'ilgan shahar bo'ylab sayr qilib yurganda tasodifan Nautilus Pompilius guruhining "Wings" qo'shig'i uchun video suratga olish jarayoniga halaqit beradi. Danila suratga olish guruhining qo'riqchisini kaltaklagani uchun politsiya bo'limiga olib ketiladi, agar o'zi uchun foydali ish topmasa, uni havfli shaxslar ro'yxatiga qo'yish bilan tahdid qilib, qo'yib yuborishadi. Onasi Danilani janjalda qatnashgani uchun tanbeh beradi va otasining jinoiy taqdiri takrorlanmasligi uchun unga Sankt-Peterburgga "u erda katta odam" bo'lgan akasi Viktorning oldiga borishni maslahat beradi.

Sankt-Peterburgga kelib, akasini uyda topolmagan Danila shaharni aylanib, chodirda tunab qoladi. Ertasi kuni u bozorda eski narsalar sotuvchisi bilan bosqinchi o'rtasidagi mojaroga guvoh bo'ladi. Bosqinchini hayratda qoldirib qo'lbola revolverini olib qo'ygan Danila keksa rus nemisi bilan do'stalshib qoladi. U Danilani Smolensk lyuteran qabristoniga olib kelib u erda uysiz do'stlari bilan tanishtiradi. Shundan so'ng, Danila tramvayda ikki kavkazlik yo'l haqini to'lamasdan bezorilik qilishayotganini ko'radi. Avval qo'lga kiritgan revolvyeri bilan ularni qo'rqitadi. Kavkazliklar ularni o'ldirmaslikni iltimos qilib, hamyonni berishadi. Danila kerakli miqdorni hisoblab, hamyonni erga uloqtirdi va kavkazliklar uni olib, qochib ketishdi, Vagonda vagon kuzatuvchisi Svetlana bilan tanishadi.

Nihoyat, Danila Tatarin laqabi bilan tanilgan qotil akasi Viktor bilan uchrashadi. Ukasi oldida o'zini obroli tadbirkor sifatida ko'rsatish uchun Danilaga kiyim olish va vaqtinchalik turar-joy olish uchun pul beradi.

Bir kun oldin Krugliy (Круглый) laqabli bezori Tataringa bozorni egallab olgan Chechen laqabli jinoyatchini o'ldirishni buyurdi. Tatarin buyurtmani bajarishga rozi bo'ldi, lekin odatdagidan ko'proq - yigirma ming dollar talab qildi. Bu Krugliy yoqmaydi va u o'z odamlariga Chechen va Tatarinni kuzatib borishni buyurdi. Viktor ukasidan "sobiq chechen terrorchisi" bo'lgan Chechen undan pul undirmoqchiligini va ruslarga zulm o'tkazayotganidan shikoyat qilib, Danilani jinoiy ishlariga tortadi va unga Chechen uchun "buyurtma" beradi va ikki ming dollar to'lashni va'da qiladi. Danila rozi bo'ladi, lekin olti yuz dollarga taklif qilingan qurolni rad etadi

Film saundtreklari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz