Brassica oleracea




Brassica oleracea  — karam, brokkoli, gulkaram, kale, Bryussel karami, koʻkatlar, savoy karam, kohlrabi va gai lan kabi keng tarqalgan navlarni ichiga olgan oʻsimlik turi.

Tabiiy holatda o‘sadigani yovvoyi karam deb ataladi, vatani janubiy va gʻarbiy Yevropa. Oʻsimlik tuz va ohakga chidamli, boshqa oʻsimliklar bilan raqobatlasha olmaydi, odatda La- Mansh boʻyining ikkala tomonidagi boʻr qoyalarida ohaktosh dengiz o‘sadi. Fransiyaning Atlantika qirgʻogʻidagi toʻqqizta yovvoyi populyatsiyaning genetik tahlili o‘simliklarning umumiy „yovvoyilashgan turdan“ kelib chiqqanini koʻrsatdi, ular dala va bogʻlarda o‘stirilgan uy oʻsimliklaridan kelib chiqqan.

Yovvoyi B. oleracea — baland boʻyli ikki yillik oʻsimlik boʻlib, birinchi yili katta barglar qattiq poya hosil qiladi. Barglari boshqa karam turlaridan koʻra etliroq va qalinroqdir — bu moslashuv unga suv va ozuqa moddalarni saqlashga yordam beradi. Ikkinchi yilida balandligi 1 to 2 metr (3–7 ft) ga yetadigan poya va koʻplab sariq gullarni hosil qiladi.

Etimologiya



"Brassica" nomi bir nechta karamga oʻxshash oʻsimliklar uchun Elder Pliniy tanlagan nom edi. Uning binar nomi oleracea lotin tilida „sabzavot/oʻsimlik“ degan maʼnoni anglatadi.

Oʻstirish va foydalanish




B. oleracea inson uchun muhim oziq-ovqat oʻsimlik sifatida o‘stirilib, qish davomida barglari yangi holatda saqlanadi. U muhim oziq moddalarga, shu jumladan S vitaminiga boy. Uning kale, brokkoli, gulkaram, Bryussel karami deb nomlangan navlari bor.

Karam, brokkoli, gulkaramga boy parhez insonda bir nechta saraton kasalliklari xavfini kamaytirish bilan bogʻliq.

Kelib chiqishi



U uchburchagi nazariyasiga koʻra, B. oleracea karam turkumining boshqa besh turi bilan juda chambarchas bogʻliq.

B. oleracea navlari rivojlanish shakliga koʻra yettita asosiy nav guruhiga birlashtirilgan:

Normandiya va Kanar orollari kabi joylarda Jersi karami deb nomlanuvchi navlarning bo‘yi 3 metr (9.8 ft)ga yetadi. Bu „daraxt karamlari“ yil davomida yangi barglarni hosil qiladi, koʻp yillik. Ularning yog‘ochsimon poyalari quritilib, tayoqchalar yasaladi.

Tarix




Qishloq xoʻjaligining paydo boʻlishi va yovvoyi oʻsimliklarning xonakilashtirilishi bilan Shimoliy Oʻrta yer dengizi aholisi yovvoyi karam yetishtirishni boshladi. Turli xil fenotip belgilari uchun sunʼiy tanlash orqali oʻsimlikning tashqi koʻrinishida keskin farqlarga ega boʻlgan turlari paydo bo‘lgan.

Dorivor foydalanish



Shimoliy Karolinadagi Lumbee qabilasi anʼanaviy tibbiyotda B. oleracea barglaridan foydalanishgan, ular organizmni tozalash xususiyatiga ega, shuningdek, yengil laksatif, yalligʻlanishga qarshi va glaukoma va pnevmoniyani davolashda qoʻllaniladi.

Turlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz