Branxiylar
Branxiylar — Milet shahri yaqinida joylashgan Didimeyon ibodatxonasidagi Apollon orakuli (ibodat qiluvchilar goʻyoki oʻz savollariga tangri javobini oladigan, shuningdek uning bashoratidan voqif qilinadigan maxsus joy)ni boshqargan kohinlar sulolasi. Yunon afsonalariga koʻra, delfalik (qarang Delfa) Branx ularning bobokaloni bulgan. Axomaniylar poashoxs Kserks (Xshayarshan) Yunonistonga yurish qilganda (qarang Yunonfors urushlari) B. mazkur ibodatxona xazinasini unga inʼom qilishgan. Ammo, Kserks bu urushda magʻlub boʻlgach, oʻz vatandoshlarining intiqomidan qoʻrqib, shoh bilan birga Eronga kelganda, undan doimiy yashashlari uchun joy soʻragan. Shunda Kserks B.ni Shim. Baktriyaga, Oks (Amudaryo) boʻyiga joʻnatgan (taxminan miloddan avvalgi 480). Ular tayinlangan yerga kelib shahar qurishgan. Mazkur shahar Iskandar Maqduniy tomonidan vayron qilinib, B. oʻtmishdagi xiyonatlari uchun qatli om etilgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org