Branko Crvenkovski




SRVENKOVSKIY (Crvenkovski) Branko (1962.12.10, Sarayevo sh. yaqini) — Makedoniya davlat arbobi. Skopye universitetining elektronika fakultetini tugatgan (1986). 1986 yildan Skopyedagi "Semos" firmasi direktori. 1990 yildan Makedoniya parlamenti deputata, parlamentning tashqi ishlar boʻyicha komissiyasi raisi (1990—92). Makedoniya mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendumni oʻtkazish tashabbuskorlaridan biri. Makedoniya Majlisi (parlamenti)ning barcha chaqiriqlari deputati. 1991 yil apreldan Makedoniya Sotsial-demokratik ittifoqi partiyasi raisi. 1992—98 va 2002—04 yillarda Makedoniya hukumati raisi. 2004 yil apreldan Makedoniya Respublikasi prezidenti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz