Branimir Bajić
Branimir Bajić (talaffuzi: Branimir Bajich; 1979-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) — bosniyalik nafaqadagi futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Bajić 2000-yilning iyulida Radnik Bijeljina safidan „Partizan“ga oʻtdi. 2001—2002-yilgi UEFA kubogi birinchi bosqichida „Rapid Wien“ ga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida ham oʻzining jamoadagi, ham jamoasining oʻyindagi birinchi goliga mualliflik qildi, 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2004-yilning may oyida Bajić „Partizan“ bilan shartnomasini yana 4 yilga uzaytirdi. Keyinchalik u 2004—2005-yilgi mavsumda klub bilan uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2006-yilning fevralida Bajić Amirlikning „Al Wahda“ klubiga doimiy shartnoma opsiyasi bilan olti oyga ijaraga berildi. Shartnoma tugaganidan keyin „Partizan“ga qaytdi va 2006—2007-yilgi mavsumda muntazam ravishda jamoada oʻynadi.
2007-yil iyun oyida Bajić Germaniyaga koʻchib oʻtdi va TuS Koblenz bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Keyingi ikki mavsumni u klubda oʻtkazdi, 2009-yil iyul oyida „Denizlispor“ga oʻtdi. Turkiyada bir yil oʻynagach, Bajić Germaniyaga qaytib keldi va MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilning 9 may kuni u 2017—2018-yilgi mavsum yakunida Duisburgni tark etishi maʼlum boʻldi. Mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Bajić Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2004-yil avgust oyida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan va jami 21 o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan. Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan.
2008-yil sentabrida Chiro Blaževich Bosniya va Gersegovinaga murabbiy sifatida kelganidan keyin terma jamoadagi muhitdan noroziligini aytib, Sportski žurnal gazetasiga intervyusida Bajić 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini aytdi.
Bir necha kundan keyin „Dnevni avaz“ gazetasida Bajić Sportski žurnalga bergan intervyusini va xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilganini rad etdi.
Yutuqlari
Partizan
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org