BRANDT (BRANDT) VILLI
BRANDT (BRANDT) VILLI (haqiqiy ismi va familiyasi — Gerbert Karl Fram) (1913.18.12, Lyubek 1992) GFR siyosat va davlat arbobi. GFR federal kantsleri (1969-74), Germaniya (G’arbiy Berlin) sotsial demokratik partiyasi raisi (1958-63), Germaniya sotsial demokratik partiyasi (SDPG) raisi (1964-87). G’arbiy Berlinni boshqaruvchi burgomistr (1957-66). GFR koatlision hukumati (XDS—XSS va SDPG) da visekantsler va tashqi ishlar vaziri. Sosialistik Internasional Prezidenti (1976 yildan). Nobel tinchlik mukofoti laureati (1971).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz