Brandon Flynn
Brandon Pol Flinn (1993-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) – Netflix kompaniyasining 13 Reasons Why (2017–2020) serialida Jastin Fouli roli orqali tanilgan amerikalik aktyor. Shuningdek, Home Movies qisqa metrajli filmida va BrainDead filmidagi Stajyor Mayk (2016) rolini ijro etgan. Ratched seriali (2020) va Hellraiser horror filmida qatnashgan (2022).
Dastlabki hayoti
Flinn Floridaning Mayami shahrida tugʻilib oʻsgan. U yerda New World School of the Arts oʻrta maktabida oʻqigan. Rutgersdagi Meyson Gross san'at maktabini ham tamomlagan. 2016-yilda Nyu-Jersi Universitetining Tasviriy Sanʼat yo'nalishi bakalavr darajasiga ega bo'ldi. Flinnning birinchi roli oʻn yoshida, Piter Pan musiqiy filmining Mr. Smee roli ijrosi bilan boshlangan.
Faoliyati
2016-yilda Flinn BrainDead filmida Stajyor Mayk rolini oʻynagan. 2017-yilda esa Jon Kander va Greg Pirsning „off-Broadway“ Vineyard teatrida Kid Victory myuziklida Luka rolini ijro etgan. Spektakldagi qolgan qahramonlardan farqli oʻlaroq, uning personaji qoʻshiq aytmaydi.
Ushbu rollardan oldin Flinn turli reklama roliklari va filmlarda rol oʻynagan, CWW telekanalining FL Kidcare Health filmida muxbir rolida, Sirens filmida bosh direktor va Lost and Gone Forever filmida Sid rolini oʻynagan. Flinn shuningdek, Much Ado About Nothing va The Crucible kabi 11 ta spektakllarda ham ishtirok etgan.
2018-yil fevral oyida u True Detective serialining uchinchi mavsumida Rayan Piters rolida filmga qoʻshildi. 2017-yildan 2020-yilgacha Flinn Netflixning 13 Reasons Why serialida Jastin Fouli rolini ijro etgan. 2020-yilda Flinn oʻzining Looks That Kill, tashqi koʻrinishi unga qaragan har qanday odamning oʻlimiga sabab boʻladigan oʻrta maktab oʻquvchisi rolida aktyorlik debyutini amalga oshirdi. Xuddi shu yildagi Genri Osgudning Ratched teleserialida ham rol oʻynadi.
Filmlar
Televideniye
Musiqa videolari
Manbalar
uz.wikipedia.org