Brandon Buck




Brandon Buck (talaffuzi: Brandon Bak) (1988-yil 16-avgustda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Brandon Buck hozirda nafaqada. Brandon Buck yaqinda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati



Brandon Buck Ontario xokkey ligasining vakili „Guelph Storm“ xokkey jamoasi tarkibida xokkey oʻynab boshlagan.

2011-yil 14-iyun kuni Brandon Buck Shimoliy Amerikani tark etdi va Norvegiyanig GET-ligaenni jamoasi „Sparta Warriors“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropada karyerasini davom ettirdi. Brandon Buck bundan oldin „Norfolk Admirals“ va „Houston Aeros“ xokkey klublari safida Amerika xokkey ligasida oʻynagan edi.

2012-yil 6-iyul kuni Brandon Buck erkin agent sifatida Xorvatiyaning „KHL Medveščak Zagreb“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsumda Brandon Buck Avstriya xokkey ligasida soʻnggi mavsumida ishtirok etdi. 2013-yil 19-aprelda Avstriyadagi mavsum yakunida Brandon Buck va uning jamoadoshi „KHL Medveščak Zagreb“ klubi aʼzosi Kyle Greentree bilan birga „EHC Basel“ xokkey klubiga (Shveytsariya milliy B ligasi) o‘tdi.

2014-yil 18-iyulda Brandon Buck „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda Brandon Buck klub safida 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 59 ochko toʻpladi. Brandon Buckning hujumkor oʻyinlari soni va klub uchun ahamiyati ortib borgani uchun u klub safida 2020-yilgacha qoladigan boʻldi. Lekin Brandon Buck 2017-yil dekabr oyida Shveytsariya Milliy ligasining „HC Davos“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2018-yil fevral oyida Brandon Buck „HC Davos“ xokkey klubi bilan xayrlashdi va Avstriya xokkey ligasining (EBEL) „Vienna Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yil 22-aprelda Brandon Buck DEL vakili „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz