Brana Ilić
Brana Ilić (talaffuzi: Brana Ilich) (1985-yil 16-fevralda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Sloven Ruma“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Zemun va Rad
Ilić Zemun bilan 2003\2004-yillarda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida birinchi marta oʻynagan. U tezda oʻzini asosiy jamoaning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va 23 oʻyinda toʻrtta gol urgan. Ilić „Zemunda“ oʻynagan vaqtida chempionatda jami 93ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol muallifiga aaylangan.
2007-yil qishki transfer oynasida Ilić Serbiyaning birinchi ligasi „Rad“ klubiga oʻtgan va keyingi ikki yilni Rad tarkibida oʻtkazgan. Ilić ularga 2008-yilda Serbiya Superligasiga chiqishda yordam bergan.
Partizan va Vojvodina
2009-yilning 9-yanvarida Ilić „Partizan“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 14-mart kuni oʻtkazgan va ikkinchi boʻlim oxirida Lamine Diarra oʻrniga maydonga tushgan. Toʻrt kundan soʻng, „Partizan“ tarkibida ikkinchi oʻyinida Ilich klub uchun birinchi golini urgan va jamoasiga „Yagodina“ga qarshi safar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan.
2010-yilning 1-iyulida Ilić Vojvodina bilan bir yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. U 2012-yil qishki transfer oynasida Vojvodinani tark etgunga qadar barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazgan va klub uchun 15 ta gol urgan.
Qozogʻiston, Gretsiya va Vengriya
2012-yil mart oyida Ilić Qozogʻistonnng grand klublaridan biri „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. U 2012-yil Qozogʻiston Premyer-ligasining birinchi yarmida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Yozgi transfer oynasida klubni tark etgan.
2012-yilning yozida Ilić Gretsiya Superligasining PAS Giannina jamoasiga qoʻshilgan. U 25-avgust kuni klub safida ilk bor maydonga tushgan va oʻz maydonida Platanias bilan 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan. 7-oktyabr kuni Ilich oʻzining PAS Giannina darvozasiga birinchi golini „Panionios“ga qarshi kechgan bahsda kiritgan. Ilić 11 ta gol (ligada 10 ta) bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida debyut mavsumini yakunlagan. PAS Gianninadagi toʻrt yillik faoliyati davomida Ilić 138 ta oʻyin oʻtkazib klub uchun 28 ta gol urgan.
2016-yil 2-avgustda Ilić Futbol Ligasi klubi Aris Saloniki bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U 18-dekabr kuni „Trikala“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etib, jamoadagi ilk gollarini kiritgan. Ilić, atigi bir mavsumdan keyin Aris Salonikini tark etgan.
Gretsiyada besh yil oʻynagach, Ilić Vengriyaga koʻchib oʻtgan va 2017-yil iyul oyida Nemzeti Bajnokság II klubi Kisvardaga qoʻshilgan. U oʻzining debyut mavsumida ularga Nemzeti Bajnokság Iga koʻtarilishiga yordam bergan va 35 oʻyinda 10 ta gol urgan.
Xalqaro faoliyati
2011-yilning 18-martida Ilić Shimoliy Irlandiya va Estoniyaga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinlari uchun Serbiya terma jamoasiga chaqirilgan. Lekin ikkala oʻyinda ham maydonga tushmagan. U 2011-yilning 3-iyunida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut terma jamoa trakibda debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Partizan
Manbalar
uz.wikipedia.org