Brain drain atamasi
Brain drain atamaning ma’nosi
Brain drain atamasi bu- o’qimishli, yaxshi ta'lim olgan shaxslarning, boshqa davlatga yaxshiroq maosh uchun yoki yaxshiroq yashash uchun ko'chib ketish tendensiyasiga ishora qiladi. Natijada esa ularning ona vatani shu kabi aqlli, yetuk, dono insonlarni yuqotgan hisoblanadi. Aynan mana shu jarayon, ya'ni o’qimishli insonlarning, boshqa davlatga yaxshiroq hayot uchun, ko'chib ketishi nazarda tutiladi.
Atamaning fanga kirib kelishi
Atama uchun eng yaxshi namuna
Ta'rif
Boshqa insonlar migratsiyasida bo'lgani kabi,
ijtimoiy muhit — aholining bu tarzda o'zgarishining, asosiy sababi hisoblanadi. Bunga, mamlakatlardagi bosh sabablaridan biri- bu imkoniyatlarning kamligi, siyosiy o'zgaruvchanlik yoki zulm, iqtisodiy tushkunlikdir. Mezbon davlatlar esa, bandlik imkoniyatlarini, siyosiy barqaorlikni va erkinlikni, yaxshi iqtisodiyotni va yaxshiroq bo'lgan turmush tarzini taklif qilishi mumkin. Shaxs sifatida, oilaviy ta'sirlar (masalan, chet elda yashovchi qarindoshlar), shaxsiy imtiyozlar, karyeradagi orzular va boshqa rag'batlantiruvchi omillarni hisobga olish mumkin. Salbiy ma'nosiga qaramay,
„brain drain“ migratsiyasi ijobiy yorug'lik kabi ko'rinadi. Karyeradagi o'sish, sifatli hayot tarzi va daromad yig'ish jihatidan, ko'chib kelgan shaxslar uchun bir qancha foydalar borligi aniqdir. Bu mutaxasislar tez-tez oila a'zolari uchun uyiga pul o'tkazmalarini jo’natib turishadi va ular qachondir o'z ona yurtlariga qaytishlari mumkin albatta, yaxshilangan bilim va rivojlangan ko'nikmalar bilan. Shuningdek, Vatanda yuqori darajadagi ta'limga talab ortishi mumkin, chunki odamlar chet elda ta'lim olgan ishchilarda bir qancha imkoniyatlar mavjudligini ko'rishadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat uchun o'qimishli mutaxasislarni yo’qotgandan ko'ra, ularni yig'ish foydalidir. Bir davlatda o'qimishlilar kamaygan vaqtda, boshqa davlatda innovatsiyalarni rag'batlantirish, rivojlanish sodir bo'lishi bu— davlatlarda aholining notekis taqsimotini keltirib chiqaradi, va shu sababli, ba'zi davlatlar rivojlanmay qoladi. Ba'zi hukumatlarda malakali ishchilarni saqlab qolish siyosati yuritiladi. Namuna sifatida, Germaniya, Shveytsariya, Austriya va Fransiyada xorijda ishlayotgan mutaxassislarga, o'z yurtlariga qaytishiga yordam berish uchun, hukumat tomonidan bir qancha moliyalashtiriladigan tashabbuslar tashkil etilgan. Aksincha, Hindiston hukumati bunday siyosatni qabul qilmagan, chunki ular ishonishadiki, yo’qotilgan talantlar axir-oqibat kelajakda millat uchun hissa qo'shishiga.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org