Brahmagupta
Braxmagupta (sanskritcha: ब्रह्मगुप्त; tax. 598 — tax. 668) hind matematigi va astronomi boʻlgan. Ujjayn shahrida joylashgan rasadxonaga rahbarlik qilgan. Vizantiya va islom mamlakatlarida astronomiya fani taraqqiy etishida ahamiyatli taʼsir oʻtkazgan. Ilk bor astronomik hisoblashlar uchun algebrik usullarni qoʻllagan. Matematikada musbat, manfiy va nol sonlari bilan arifmetik amallar bajarish qoidalarini kiritgan. Uning eng muhim asarlari qatoriga Brāhmasphuṭasiddhānta (628-yilda yozilgan) va Khaṇḍakhādyaka (tarjimasi „yesa boʻladigan tishlam, luqma“; 665-yilda yozilgan) asarlari kiradi.
Asarlari
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org