Brady Tkachuk
Braeden „
Brady “
Tkachuk (talaffuzi: Braeden „Breydi“ Tkachuk) (1999-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik professional xokkeychi. Brady Tkachuk hozirda Milliy xokkey ligasida (NHL) „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oʻynamoqda. Tkachuk „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 2018-yilgi NHL kirish loyihasida toʻrtinchi umumiy tanlov asosida qabul qilingan edi.
Oʻyin faoliyati
Brady Tkachuk dastlab, „St. Louis AAA Blues U16“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, Brady Tkachuk AQSh xokkey jamoasini rivojlantirish dasturida (USNDPT) ishtirok etdi. Keyin Brady Tkachuk Boston universiteti xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Brady Tkachuk universitetning „Boston Terriers“ xokkey jamoasida oʻynagan vaqtida, 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQShning 20 yoshgacha boʻlgan xokkeychilar terma jamoasiga kiritldi.
Brady Tkachuk 2018-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga toʻrtinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Tkachuk 2018-yil 13-avgustda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. „Ottawa Senators“ xokkey klubining mavsumoldi oʻyinlarida qatnashgandan soʻng, Tkachuk klubning asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritildi. Biroq Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yubordi. Oxir-oqibat Brady Tkachuk NHLdagi debyutini 8-oktyabr kuni „Boston Bruins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Keyingi oʻyinda, 10-oktyabrda, Brady Tkachuk oʻzining NHLdagi birinchi golini „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. 17-oktyabr kuni Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir oyga safdan chiqqani maʼlum bo‘ldi. Tkachuk oxir-oqibat 2018-yil 8-noyabrda „Vegas Golden Knights“ xokkey klubiga qarshi o‘yin uchun „Ottawa Senators“ klubi safiga qaytdi.
2019-yil 28-mart kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi o‘yinda Tkachuk bitta o‘yinda darvozaga eng ko‘p zarba berish bo‘yicha „Ottawa Senators“ klubining rekordini o‘rnatdi. Tkachuk 2018 —2019-yilgi mavsumni NHLdagi yangi oʻyinchilar orasida Elias Petterssondan (28ta) keyingi ikkinchi oʻrinda 22 ta gol bilan yakunladi.
Brady Tkachuk 2020-yil 22-yanvarda Atlantika divizionidagi 2020-yilgi NHL yulduzlar o‘yini uchun tanlangan oʻyinchilar roʻyxatiga kiritildi.
2021-yil 14-oktyabrda Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi bilan yetti yillik 57,5 million dollarlik shartnoma imzoladi. 5-noyabr kuni Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi franchayzing tarixidagi oʻninchi kapitan sifatida tanildi.
2022-yil 2-dekabr kuni oʻzining faoliyatidagi 300-o‘yinida „Ottawa Senators“ klubi kapitani „New York Rangers“ klubiga qarshi oʻyinda xet-trikini qayd etib, faoliyatidagi 100-golini urishga muvaffaq boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org