Bradley Richardson
Bradley Benjamin Stanley Richardson (talaffuzi: Bredli Benjamin Stenli Richardson) (1985-yil 4-fevralda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Bradley Richardson hozirda cheklanmagan erkin agent hisoblanadi. U faoliyati davomida „Vancouver Canucks“, „Colorado Avalanche“, „Los Angeles Kings“, „Arizona Coyotes“, „Nashville Predators“ va „Calgary Flames“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Bradley Richardson 1998-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Quinte“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Bradley Richardson 2003-yilda NHLga kirish loyihasida „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safiga 163-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bradley Richardson Ontario xokkey ligasi vakili „Colorado Avalenche“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi professional mavsumini oʻtkazdi. Bradley Richardson „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida 2006—2007-yilgi mavsumda faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bradley Richardson klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 gol va 22 ochkoni oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi.
2008-yil 21-iyunda Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2008-yil 15-sentyabrda Bradley Richardson 'Los Angeles Kings" xokkey klubi bilan ikki yillik 1,175 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bradley Richardson faoliyatidagi ilk xet-trikini 2010-yil 23-oktyabrda „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida o‘zining eski jamoasi „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda (6:4 hisobida „Kings“ g‘alabasi) urishga muvaffaq boʻldi.
2011-yilning 12-iyulida Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan 2,35 million dollarlik ikki yillik yangi shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda Bradley Richardson klub safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. Richardson oʻsha yili favqulodda appendektomiyadan soʻng, mavsumdan keyingi dastlabki ikkita oʻyinni oʻtkazib yubordi.
2013-yil 5-iyulda Richardson erkin agent sifatida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan yiliga 1,15 million dollarlik ikki yillik shartnoma imzoladi.
Richardson oʻz faoliyatida ikkinchi marta erkin agent sifatida 2015-yilning 1-iyulida „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
2021-yil yanvar oyida Richardsonning sevgilisi, aktrisa Jessica Szohr ularning qizi Bowie Ella Richardsonni dunyoga keltirdi. 2022-yil 16-may kuni Bradley Richardson va Jessica Szohr unashtirilishdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org