BRADFORD — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Aholisi 460 ming kishidan ziyod. Temir yo’l tuguni. Jun (movut) sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik (jumladan, to’qimachilik va elektrotexnika mashinalari), tikuvchilik, poligrafiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. 14-18-asrlar me’moriy yodgorliklari saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish