BOZURGONIY



BOZURGONIY (forscha bozorchi) o’zbek mumtoz ashulasi. “Bozirgon” dostoni qahramoni nomiga nisbat berilgan degan taxmin mavjud. Xorazm dostonlaridagi “naylarman II” qo’shig’i ohanglari asosida Hoji Abdulaziz Abdurasulov tomonidan bastalangan. Shashmaqomdagn Dugoh maqomi yo’llariga ohangdosh. 3/4 ufor o’lchovidagi taronalar usulida ijro etiladi. Yu. Rajabiy va G. Mushslning “Muqanna” (H. Olimjon), “Farhod va Shirin” (K. Yashin) musiqali dramalaridagi yirik ariyalar, S. Jalilning “Samarqandnoma” simfoniyasi (Zqismi)da Bozurgoniy kuyi ishlatilgan. Hozirgi kunda turli cholg’u (hatto estrada) ansamblari talqinida ham ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz