Boʻztikan




BOʻZTIKAN (Sonchus) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp va bir yillik begona oʻtlar turkumi. Poyasi tik, bargi tikanli, gullari tilsimon, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻida patsimon tuklar bor. 45 turi maʼlum, Oʻzbekistonda 5 turi tarqalgan. Sabzavot boʻztikani (S. oleraceus), dagʻal B. (S. asper), dala B. (S. arvensis) turlari gʻoʻza, sabzavotpoliz, sugʻoriladigan ekinlar orasida, dalalar va boshqa yerlarda uchraydi. Dala B. aprel—may oylarida gullab, iyunda meva tugadi, bir tupi 53 ming donadan ortiq urugʻ beradi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor; simazin va paxta maydonlarida kotoran, kotofor yoki prometrin gerbitsidlari purkaladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz