Boʻzsuv makonlari
Boʻzsuv makonlari — Boʻzsuv kanali yonida joylashgan ibtidoiy odamlar makonlari. Toshkent shahridan 12–15 km shim.gʻarbda. Makonlardan biri — Shoimkoʻprikni (1901) A. P. Pavlov, ikkinchisi — Shoʻralisoy yoqasidagini (1955) O. I. Islomov topgan. Shoimkoʻprik makonini G. V. Parfenov, Shoʻralisoy yoqasidagi makonni A. P. Okladnikov oʻrgandi. Har ikkala makondan mustye va yuqori paleolit davriga xos pichoqsimon plastina, qirgʻich, nukleus, chaqmoqgoshdan yasalgan qurollar va turli hayvonlar suyagi topildi. Boʻzsuv kanali yoqalab olib borilgan keyingi tekshirishlar natijasida paleolit davriga oid Boʻzsuv III, IV va V kabi yangi makonlar ochildi. Boʻzsuv makonlarida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bu yerdagi ibtidoiy odamlar mustye va yuqori paleolit davrida yashagan boʻlib, yodgorlikning yuqori paleolit bosqichida uning aholisi urugʻ jamoasi boʻlib yashaganligini koʻrsatdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org