Bo‘zsho‘ra




BOʻZSHOʻRA (Halogeton glomeratus (Bieb.) S.A. Meu.) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dagʻal tukli. Gullari mayda, toʻptoʻp boʻlib barg qoʻltigʻiga joylashgan. B. choʻlda, shoʻrxok yerlarda zich oʻsadi. May oyida gullab, sentabrda, mevasi yetiladi. B. bargida oksalat kislotaning kaliy va natriyli tuzlari koʻp boʻlganidan qoʻylar zaharlanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz