BO’ZSHO’RA



BO’ZSHO’RA (Halogeton glomeratus (Bieb.) S.A. Meu.) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 10-40 santimetr, sershox. Bargi kulrang, kalta, etdor, uchi uzun dag’al tukli. Gullari mayda, to’pto’p bo’lib barg qo’ltig’iga joylashgan. Bo’zsho’ra cho’lda, sho’rxok yerlarda zich o’sadi. May oyida gullab, sentabrda, mevasi yetiladi. Bo’zsho’ra bargida oksalat kislotaning kaliy va natriyli tuzlari ko’p bo’lganidan qo’ylar zaharlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz