BOZORXONIM



BOZORXONIM — Turkiston tizma tog’lari markazidagi dovon. Sangzor daryosi vodiysi (Samarqand viloyati) bilan Zarafshon daryosi vodiysining Tojikistonga qarashli qismini birlashtiradi. Zomin tog’ o’rmon davlat qo’riqxonasi hududida joylashgzn. Mutlaq balandligi 3401 metr. Dovon yon bag’ri ancha tik bo’lib, unga Boyqo’ng’irsoy vodiysi bo’ylab o’tgan so’qmoq yo’ldan boriladi. Dovonda iqlim sovuq, o’rtacha yillik temperatura -1°, yiliga 700-800 millimetr yog’in tushadi. Bozorxonimdan Boyqo’ng’irsoy boshlanadi. Dovondan yozning dastlabki kunlaridan boshlab kech kuzgacha piyoda va otda o’tish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz