BOZORBOYEVA MUNAVVARA (1956.3.3, Amudaryo tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1979). 1979 yildan Gurlan tumanidagi 1-maktabda ingliz tili o’qituvchisi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, 1981 yildan boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Bozorboyeva darslarni ko’rgazmali qurollar asosida samarali tashkil etishga katta ahamiyat beradi. Boshlang’ich ta’limda savodxonlikni oshirish bo’yicha ish tajribasi kitobcha tarzida va “Boshlang’ich ta’lim” jurnalida chop etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish