Bozor (jurnal)




"BOZOR, PUL VA KREDIT" ("Rinok, dengi i kredit") — Oʻzbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlarning ilmiyamaliy oylik jurnali. Toshkent shahrida 1996-yil sentabrdan oʻzbek va rus tillarida nashr etiladi. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, "Oʻzagrosanoatqurilishbank", "Paxtabank", "Tadbirkorbank", "Oʻzsavdogarbank", Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki, "Oʻzaviabank", "Trastbank", "Gʻallabank", "Turon" banki, "Aloqabank", "Zamin" banki va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, Oʻzbekiston pulkredit tizimining shakllanishi, tijorat banklarini boshqarish, investitsiya faoliyatini faollashtirish, bank xizmatlarining yangi shakllarini joriy etish, kreditlardan samarali foydalanish, shuningdek soliq, xususiylashtirish, koʻchmas mulk kabi iqtisodiy masalalarda turli sharhlar va xabarlar, maslahatlar hamda boshqa material lar beradi. Adadi rus va oʻzbek tilida 4300 nusxa (2000).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz