Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti
Oʻzbekiston agrarsanoat majmuida bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. Toshkent shahrida joylashgan. 1957-yilda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va iqtisodiyoti ilmiy tadqiqotlar instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1963—92 ylarda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqotlar instituti, 1992—94 yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi iqgisodiyoti ilmiy tadqiqotlar instituti nomlari bilan yuritilgan. 1994-yildan hozirgi nomda. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari oʻtish davri qishloq xoʻjaligi islohotlari jarayonlarini kompleks oʻrganish, agrar sohada islohotlar oʻtkazish tamoyillari va ilmiy asoslarini ishlab chiqish, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni shakllantirish orqali mamlakat agrar sektorida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan ilmiyamaliy takliflar tayyorlash; agrosanoat majmui tarmoqlarining oʻzaro iqtisodiy aloqalarni yaratish; boshqarishning tashkiliyiqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish; koʻp ukladli iqgisodiyotni shakllantirish, mulk shakli, shuningdek tuproqiqlim sharoitidan kelib chiqib eng samarali xoʻjalik yuritish usullarini aniqlash; bozor infratuzilmasi, marketingi va menejmentini shakllantirish; axborot taʼminoti va boshqa Institutda (2000) 14 sektor bor (ikki ijodiy guruh faoliyat koʻrsatadi). Institutda 3 akademik, 3 fan doktori, 24 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi. Respublikadagi 10 ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qiladi, shuningdek Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil davlatlarning ilmiy markazlari, oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalar oʻrnatilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org